Diqqat, savolda almashtirish bor. Rossiya saytlaridan birida mashhur britaniyalik rok-guruh "daraxtkesarlar" deb atalgan. Esxilda "U — daraxtkesar" nomli drama bor. Robert Greyvzning yozishicha, ushbu "daraxtkesar"ning mehnati quyosh chiqishi va botishini majoziy ravishda tasvirlaydi. Biz "daraxtkesar" so'zi bilan nimani almashtirganimizni topib, Esxil ushbu so'z bilan kimni tasvirlaganini ayting.