Tasavvur qiling: siz bir guruh dengiz piyodalari bilan Fobosga yuborildingiz. Sizning vazifangiz bazaga kirish yo‘llarini qo‘riqlash, qolganlar esa ichkariga kirishi kerak. Bir necha soat davomida quloqchinlaringizdan qichqiriqlar, ingrashlar, otishma va portlash ovozlari eshitiladi. Keyin hamma narsa tinchiydi. Burch hissi sizni bazaga chorlaydi, lekin, afsuski, sizga faqat to‘pponcha qoldirishgan. Bu nimaning muqaddimasi?