Bizda ham, butun dunyoda ham juda mashhur boʻlgan serial bosh qahramonining familiyasi — serial prodyuseri onasining qizlik familiyasi. Qahramonning ismi — oʻsha prodyuserning bolalikdagi doʻstining ismi. Qahramonning sherigi boʻlgan ayolning familiyasi esa — prodyuserning yoshligida AQSHda mashhur boʻlgan sport sharhlovchisi, uning kumirining familiyasi. Shuningdek, ufologiya boʻyicha birinchi kitob muallifi ham shunday ism-familiyaga ega, hatto FTBda ham shunday familiyali agent bor. Qahramon ayolning ismi esa shunchaki "yoqimli ayol ismi", deb izoh beradi prodyuser. Men sizdan bosh qahramonlarning ism-familiyasini soʻramayman, serial nomini ayting.