Pifagor uni "quvonch o'ti, xohishni uyg'otuvchi va shuning uchun yuksak maqtovga loyiq" deb atagan. Avitsenna (Ibn Sino) bu "shahvat o'ti"ni tez-tez iste'mol qilishni maslahat bergan, chunki "tabiat bundan yaxshiroq narsani yaratmagan". Shekspirning "O'jar qizning jilovlanishi" komediyasi qahramoniga esa erining xizmatkorlari bu o'tni berishdan bosh tortishadi, chunki u qahramonning shundoq ham qaynoq mijozini haddan tashqari qo'zg'atib yuboradi deb hisoblashadi. Londondagi bir kupletchi ushbu o'tdan tayyorlangan mahsulot uchun dunyoning yarmini berishga tayyor edi. Ushbu o'tni yoki undan tayyorlanadigan mahsulotni ayting.