Barchangiz baxtli chipta nima ekanligini bilsangiz kerak. Har ehtimolga qarshi, oltita raqamdan iborat va dastlabki uchta raqami yigʻindisi oxirgi uchta raqami yigʻindisiga teng boʻlgan chiptani baxtli deb hisoblaymiz. Yaqinda Saratovda boʻlib oʻtgan festivalda Slavin jamoasining ikki oʻyinchisining omadi chopdi — ular safarlardan birida olgan chiptalari rulonda ketma-ket kelgan boʻlishiga qaramay, ikkalasi ham baxtli edi. Ushbu ikki chiptaning raqamlarini aniqlashga harakat qiling. Faqat ikkala raqam ham toʻgʻri koʻrsatilgan javoblar qabul qilinadi.