Diqqat, savolda almashtirishlar bor. «Rok isteriyasi» kitobining boshida Leonid Ilyich Brejnevning oviga xatolik tufayli Kaliforniyadan yelkasida uzunchoq qora gʻilof osgan yosh, sargʻish sochli amerikalik Jeymsni olib kelishadi. Bosh kotib buni arbalet deb oʻylaydi va ALFAlar qani deb soʻraydi. Ammo hamma faqat BETAlarni koʻradi. ALFA va BETA bir xil harf bilan boshlanadi. Ularni ixtiyoriy tartibda ayting.