Ushbu savolning epigrafi bor, uni yozib olmasangiz ham bo‘ladi. Sirano: “Ey aziz do‘stim Le-Bre, sendan yashirmayman, Bir kuni oqshom payti xiyobonlar soyasida o‘tib borayotib, Yosh xonimlar va kelishgan yigitlarni ko‘rib, ularga hasad qildim... Ko‘nglim g‘ash bo‘ldi... Men ham shuni xohlardim... Lekin tushdagidek seskanib, To‘satdan soya ko‘rdim...” Le-Bre: “O‘zingnikimi?” Sirano: “Menikini, chunki burnimning soyasi menga tegishli edi”. Diqqat, savol. Quyidagi so‘zlarni aytgan Shekspirning bosh qahramonini ayting: “Toki ko‘zgu yo‘q ekan, — menga nur soch, ey kun, Toki o‘tayotib, o‘z soyamni ko‘ray”.