Diqqat, savolda almashtirish bor. Ingliz yozuvchisi Joan Rouling oʻz qahramoni Garri Potterni oʻldirmoqchi ekanligi haqida mish-mishlar yuribdi. Uni qutqarish harakatining asosiy tashkilotchilaridan biri Stiven King yozuvchiga murojaat qilib, Garrini OʻLIK DENGIZdan oʻtkazmaslikni qattiq iltimos qildi. Biz "OʻLIK DENGIZ" soʻzlari bilan qaysi soʻz birikmasini almashtirdik?