Stansiyalardan biriga yaqinlashayotgan metro vagonida bir kishi yonidagi ayoldan: "Bu stansiyada dohiyga haykal bormi?" deb soʻradi. Ayol bosh irgʻadi, u esa: "Albatta suratga olishim kerak. Bundayini yana qayerda koʻrish mumkin? Lenin, boz ustiga ot ustida", deya fotoapparatini chiqardi. Ayolning hayrati devordagi metro chizmasiga qaraganida tarqaldi, chunki qaysidir uddaburon hazil tariqasida unga kichik oʻzgartirish kiritgan edi. Bu qaysi stansiya edi?