Hazilomuz afsonaga ko'ra, Skandinaviya shimolidagi ruhiy kasalliklar shifoxonasida klaustrofobiyaning og'ir shaklidan aziyat chekuvchi bemor bo'lgan. Biroq u o'z xastaligi bilan kurashgan va shuning uchun har xil tor, qorong'u joylarga kirib olgan. Keyinchalik bu telbada kleptomaniyaga moyillik ham sezila boshlagan. Ammo bu yerda ham bemor o'zini davolashga uringan: u doimo kimningdir yoniga avvalroq o'g'irlangan mayda-chuyda narsalarni tashlab ketgan. Kunlarning birida u yirtib olingan pardaga o'ralib, o'zini avliyo deb atab, shifoxonadan qochib ketgan. O'shandan beri uni hech kim ko'rmagan, biroq u hali ham tirik degan mish-mishlar yuradi. U o'zini qanday ataydi?