[Oʻquvchiga: KERAX va PERAX soʻzlarida urgʻu birinchi boʻgʻinga tushadi.] Ibroniy tilida "ke'rax" soʻzi "muz", "pe'rax" soʻzi esa "gul" degan ma'noni anglatadi. Rus klassikasi asarlaridan birini ibroniy tiliga tarjima qilishda tarjimon — aytgancha, ajoyib tarjimon — bu ikki soʻzni juda oddiy qofiyalagan. Dastlabki qofiyani tiklang.