Kunlarning birida taniqli nemis kimyogari Fisher sayr qilib yurganida yozuvchi Sudermanni uchratib qoladi, yozuvchi xitob qiladi: "Aziz professor! Sizning moʻjizaviy veronal uyqu doringiz uchun Sizdan juda minnatdorman. U menga soʻzsiz taʼsir qiladi: stol ustidagi veronal flakonini koʻrishim bilan uxlab qolaman!". Bunga javoban Fisher yozuvchini ustalik bilan mot qiladi: "Qanday oʻxshashlik!.." Jumlani yakunlang.
"Sizning romaningizga bir nazar tashlashim kifoya — men ham uxlab qolaman".