Diqqat, savolda almashtirishlar bor. Intervyularidan birida Iosif Brodskiy she’rlarning biografik faktlarga haddan tashqari bog‘liqligi haqida gapirib, shunday so‘z o‘yini qilgan: "O‘ylaymanki, ba’zi yevropalik shoirlar o‘z baxtsizliklari bilan haddan tashqari ko‘p ovora bo‘lishgan. Axir shoirning o‘zligi FALOKATLARGA emas, ko‘proq SATRLARGA tayanishi kerak". Biz qaysi so‘zlarni "SATRLAR" va "FALOKATLAR" so‘zlariga almashtirdik?