Fransiyada gilyotinada qatl qilish nafaqat mahorat va koʻnikmani, balki aniqlik va tartibni ham talab qiladigan tantanali marosim edi. Jallodlar barcha anjomlarni toza va soz holatda saqlashga harakat qilishgan, shunga qaramay, ular qatl etilganlarning boshlari tushadigan savatlarni tubi buzilgani sababli kamida oyiga bir marta almashtirishga majbur boʻlishgan. Savatlar tubi buzilishining sababini ayting.
Ularni qatl etilganlarning boshlari gʻajib tashlaydi.