Maʼlum bir manbaning taʼkidlashicha, aslida hammasi odatda qabul qilinganidan butunlay boshqacha boʻlgan. Nonushtadan keyin U oʻz kabinetiga kirib oladi va yozuv stolining tortmasidan bir dasta tashrif qogʻozini (vizitka) oladi. Bir ozdan soʻng kabinetdan vaqti-vaqti bilan: "U-u-u! Shoxli! Oh, qanday shoxli! Men seni yengaman. Oʻldiraman!" kabi hayqiriqlar eshitila boshlaydi. Va baribir yengadi! Gap kim haqida ketayotganini ayting.