Dastlab bu filmni "Fuqaro M." deb nomlamoqchi bo'lishgan. Chet el prokatida u "Yangi ruslar" nomi bilan tanilgan. Rus prokatida bu filmning nomi bir so'zdan iborat bo'lib, G'arbda bu so'z faqat Qadimgi Gretsiya haqida gap ketganda ishlatiladi. Agar gap qaysi film haqida ketayotganini topgan bo'lsangiz, film bosh qahramonining prototipi bo'lgan shaxsning ismi va familiyasini ayting.