Shahar boʻylab sayr qilganda, savol muallifining oʻgʻli haykallar haqida: bu kimga qoʻyilgan, u odam qachon yashagan va hokazolar haqida soʻrashni yaxshi koʻradi. Yaqinda televizorda koʻrsatuv koʻrayotib: "Ada, bu haykal kimga qoʻyilgan?" deb soʻradi. "Bu Ozodlik haykali, oʻgʻlim" degan javobdan soʻng: "U qachon..." degan savol ergashdi. Uning savolini ikki soʻz bilan yakunlang.