Ingliz tilida soʻzlashuvchi davlatdan uyiga qaytayotgan bir rus aviyo-yoʻlovchisi mahalliy aeroport xodimidan oʻzi uchishi kerak boʻlgan samolyot rusumini soʻradi. Javobni eshitgach, u hayron boʻlib: "Bu nima, "Stels"ga oʻxshagan narsami?" deb oʻyladi. Tushunmovchilikka sabab xodim kutilganidan biroz koʻproq maʼlumot aytgani boʻldi. Yoʻlovchi qaysi rusumdagi samolyotda uchishi kerak edi?