"Men uni uch metrli dumgʻazasi bilan chizmoqchiman, uni hassa suyab turadi. Buning uchun menga besh yarim metr mato kerak boʻladi. Men uni albatta oʻsha lirik appendiksi bilan chizaman, nima boʻlishidan qatʼi nazar, hatto buning uchun meni syurrealistlar guruhidan haydashsa ham. Uning qoʻlida kichkina bola boʻladi — bu men boʻlaman. Lekin u menga odamxoʻr koʻzlari bilan qaraydi va men: 'U meni yemoqchi!' deb baqiraman..." Salvador Dali kimni shunday chizmoqchi edi?