Fransiyada boʻlgan rossiyalik sayyohlardan biri "Izvestiya" gazetasi sahifalarida fransuz restoranlaridan birida sodir boʻlgan qiziqarli voqeani soʻzlab berdi. Menyuni oʻrganar ekan, u bir xil taom — tovuq oyoqlari — ikki marta koʻrsatilganiga va eng qizigʻi, har bir holatda narxi har xilligiga e’tibor berdi. Menyuda narxdagi bunday farqni mantiqan tushuntirib beruvchi maxsus eslatma ham bor edi. Xoʻsh, narxdagi bu farq aynan nima bilan izohlangan edi?
Oʻng oyoqlar qimmatroq turadi, chunki tovuq uxlash vaqtida chap oyogʻida turadi, demak, oʻng oyogʻi ancha yumshoqroq boʻladi.