Ushbu so‘zning turli ma’nolarini stadionda ham, shaxmat taxtasida ham, matematika yoki fizika darsliklarida ham uchratish mumkin. Amerikalik millioner Armand Hammer esa o‘z biznesini ma’lum bir xususiyatga ega bo‘lgan va shu so‘z bilan ataladigan maktab qurollari ishlab chiqarishdan boshlagan. Aynan shu xususiyat Hammerga bozorni tezda egallashga imkon bergan. Hammer aynan nima ishlab chiqargan va gap qaysi so‘z haqida ketmoqda?