Xitoyning so'nggi imperatori Pu Ining tonggi menyusi: "Qo'ziqorinli semiz tovuq; sousli o'rdak; tovuq filesi; bug'langan mol go'shti; qaynatilgan ichaklar; karam bilan bug'langan go'sht filesi; dimlangan qo'y go'shti; ismaloq va soya pishlog'i bilan bug'langan qo'y go'shti; turp bilan qo'y go'shti filesi; soya sousida trepanglar bilan dimlangan o'rdak filesi; qovurilgan qo'ziqorinlar; bambuk novdalari bilan dimlangan go'sht; yupqa xamirdan tayyorlangan pirojkilar; xitoy karami bilan qovurilgan go'sht; tuzlangan soya loviyalari; dudlangan go'sht bo'laklari; nordon-shirin sousdagi qovurilgan go'sht; murchli sousda qovurilgan karam bo'laklari; xushbo'y quritilgan mahsulotlar; go'shtli bulyon". Iqtibosda BU narsa ishtirok etgan taomlar bo'lmasa-da, imperatorni, har qanday xitoylik kabi, "Ni chi fanla ma?" degan savol bilan kutib olishgan. Ushbu savolning ma'nosini o'zbek tilida ifodalang.