Bu insonning ismini xalqaro fizika birliklari tizimida koʻrmaysiz. Biroq lazer fizikasi rivojlanishining ilk yillarida amerikalik olimlar uning ismini lazer nuri quvvatini oʻlchaydigan norasmiy birlikka berishgan. Lazer qanchalik kuchli boʻlsa, u bir vaqtning oʻzida shuncha koʻp maʼlum bir buyumni teshib oʻta olgan. Agar fiziklar rus boʻlganida, ehtimol, bu birlikka daryo nomini berishgan boʻlardi. Xoʻsh, bu birlik qanday atalgan?