Zamonaviy rus fantast yozuvchisining bir qissasida bir-biri bilan dushman davlatlarga aylangan ikkita qoʻshni rus shaharchasi tasvirlangan. Ulardan birida hokimiyat tepasiga demokratik ruhdagi sehrgarlar kelgan, ikkinchisida — Lutskda — Muqaddas Inqilob gʻalaba qozongan, yaʼni Lutskning davlat tuzumi pravoslav kommunizmidir. Shu munosabat bilan u yerdagi terminologiya pravoslav va bizga sovet davridan maʼlum boʻlgan soʻzlarning qisman buzilgan aralashmasidan iborat, masalan, davlat amaldorlaridan biri protopartorg, boshqasi — inkvizitsiya narkomi, yana biri — mitrozampolit, yoshlar esa — komsobogomolsilar, yaʼni Xudodan qoʻrquvchi yoshlar kommunistik ittifoqi aʼzolari deb ataladi. Endi esa savol. Lutsk yaqinida nomi ikki soʻzdan iborat kolxoz bor. Ulardan birinchisi — "Nurli" (Svetliy). Kolxoz qanday ataladi?