Diqqat, savolda almashtirish bor. Sil kasalligiga chalingan Frans Kafka qonli yoʻtaldan azob chekardi. Tibbiyot tarixchisi Yorg Tsitlau yozishicha, shifokorlar tashxis ustida bahslashayotgan bir paytda, kasallik soʻzma-soʻz pichoqsiz soʻygan va Kafka nafaqat yoza olmas, balki zoʻrgʻa gapirar, ichar va yer edi. Savolda qaysi uchta soʻz almashtirilgan?