gotquestions.online

Bu egizaklardan biri hammaga maʼlum, ikkinchisi esa undan mashhurlikda ortda qoladi. Birinchisini oldindan oʻylaydigan, koʻra biladigan, ikkinchisini esa keyin oʻylaydigan, kech tushunadigan deb atash mumkin. Ingliz tarixchisi Toynbi birinchisini Reformatsiya davridagi Shimoliy Yevropaga qiyoslagan, "u yerda Boltiq dengizi, Shimoliy dengiz va Atlantika okeani yangi dunyolarga chorlaydi", ikkinchisini esa Janubiy Yevropaga qiyoslagan, "u yerda Gʻarbiy Oʻrta yer dengizi nigohini allaqachon oʻlgan va oʻtmishda qolgan dunyolarga qaratgan". Ushbu ikki akadan kamida birining ismini ayting.

Manba