"Gondvana ekspeditsiyasi" trilogiyasi qahramonlari Hind okeanida, qirgʻoqdan uzoqda, navigatsiya asboblarisiz eski qayiqda qolib ketishadi. Oʻzlarining qayerdaligi haqida mulohaza yuritar ekan, qahramonlardan biri shamol va oqimlar ularni gʻarbiy yoʻnalishda Yaxshi Umid burnidan oʻtkazib yuborgan boʻlishi mumkinligini taxmin qiladi. Boshqa bir qahramon esa bu borada hazillashib: "Gondvana bilan ovora boʻlganimiz yetmagandek, endi nimani qidirishni boshlaymiz?" deydi. Nimani?