Birinchi jahon urushi paytida uchuvchini isitish muammosi yuzaga keldi. Quyidagicha taklif berildi: samolyot qanotiga havo oqimidan aylanadigan propeller oʻrnatildi. Propellerdan dinamo-mashina ishladi. Uchuvchining kurtkasiga dinamo-mashinadan tok oʻtadigan yuqori qarshilikli simlar tikib chiqildi. Ammo birinchi parvozdan soʻng maʼlum boʻldiki, agar fuqaro aviatsiyasi uchun bu usul hali yarasa ham, harbiy aviatsiya uchun mutlaqo toʻgʻri kelmaydi, chunki uchuvchining sogʻligʻiga jiddiy zarar yetkazadi. Nima uchun u harbiy samolyotlar uchun toʻgʻri kelmadi?
Oliy parvoz figuralarini bajarishda samolyot tezligi bir necha barobar ortib ketardi va simlar uchuvchini kuydirib yuborardi.