"Fan uchun" gazetasida shunday latifa keltirilgan. Bir oʻqituvchi talabaga: "Mana sizga oxirgi savol. Javob bersangiz — uch qoʻyaman, javob bermasangiz — ikki", debdi. Shundan soʻng oʻqituvchi birozga chiqib ketibdi. Qaytib kelganida, ayyor talaba gʻamgin qiyofada unga bir jumla aytibdi va hamma narsa talaba uchun yaxshi yakunlanibdi. Ushbu jumlani kamida maʼnosini qayta tiklang.