U bir vaqtlar Sanders ismi bilan mashhur boʻlgani sizni chalgʻitmasin. Biz u haqda koʻp narsani bilamiz, jumladan, u koʻplab mashgʻulotlarni — hasharotlarni oʻrganish, noyob hayvonlarni ovlash, qoʻshiq va sheʼrlar yozish, speleologiyani sinab koʻrgan. U hatto qutb ekspeditsiyasida ham qatnashgan, bundan tashqari, uning biografiyasida bugungi kunda kinepping (odam oʻgʻirlash) deb baholanishi mumkin boʻlgan voqeani ham topishimiz mumkin, biroq "haqiqiy qahramonlikni" u emas, balki uning doʻsti amalga oshirgan. Biz sizdan u hammamizga qaysi ism bilan mashhurligini soʻramaymiz — uning butun hayoti kimga bagʻishlanganini ayting.