Uni sumkasiz tasavvur qilib boʻlmaydi, xuddi Sherlok Xolmsni trubkasiz yoki Cherchillni sigarasiz tasavvur qilib boʻlmagandek. Uning sumkasida na naqd pul, na kredit kartalari va na biron-bir shaxsni tasdiqlovchi hujjat bor. Bekaning shunchaki pasporti yoʻq, garchi u bir necha bor chet elda boʻlgan boʻlsa ham. Buning oʻrniga sumkada pardoz qutichasi, telefon kitobchasi, krossvordlar, siyohli ruchka, yalpizli konfetlar va yana boshqa mayda-chuyda narsalar bor. Bekaning ismini ayting.