Butun birinchi ming yillik davomida Osiyo qa’ridan Ural va Kaspiy dengizi orasidagi "xalqlar darvozasi" orqali Volga bo‘yi hududlaridan to‘lqin-to‘lqin bo‘lib bulg‘orlar, avarlar, turklar, vengerlar, pecheneglar, torklar, guzzlar va nihoyat qipchoqlar (kumanlar, polovetslar) o‘tib turishgan. "Xalqlarning buyuk ko‘chishi"da ishtirok etgan yana bir qabila savirlar edi — bu qadimiy etnos Sibir o‘lkasiga nom bergan hamda Kavkazdagi qorachoy va bolqorlarning ajdodlariga hayot baxsh etgan. Savirlar o‘zlari haqidagi xotirani, xususan, mashhur "Igor polki haqida so‘z" asarida tilga olingan shahar nomida ham saqlab qolishgan. Bu qaysi shahar?