Ikkinchi jahon urushi paytida senzura harbiy xizmatchilarning xatlarida oʻz manzillarini maʼlum qilmasligini qatʼiy nazorat qilgan. Amerikalik shifokor Govard Jons rafiqasi bilan oʻziga xos shifrlash usulini oʻylab topishgan. Buning uchun Govard Yevropaga oʻzi bilan ikkita buyum olib ketgan. Xuddi shu ikki buyum xotinida ham boʻlgan. Birinchidan, bu qanday buyumlar? Ikkinchidan, janob Jons oʻz manzili haqidagi maʼlumotni qanday shifrlagan, xonim Jons esa uni qanday oʻqigan?