Ishsiz qolgan duradgor Ole Kirk Kristiansen Daniyaning Billund qishlogʻida daromad ilinjida, xususan, yogʻochdan yasalgan oʻyinchoq-kubiklar ishlab chiqara boshladi. Ular uchun maxsus nom oʻylab topdi — bu daniyacha "yaxshi oʻyna" iborasining qisqartmasi edi. Keyinchalik maʼlum boʻlishicha, bu nomga lotinchadan "oʻrganyapman", "yigʻyapman, taxlayapman" degan tarjimalar ham mos kelar ekan. Oʻshandan beri ularda koʻp narsa oʻzgardi, lekin nomi emas. Usta oʻz ixtirosini qanday atagan?