Hammaga maʼlumki, anʼanaga koʻra, yangi kema suvga tushirilishidan oldin uning bortiga shampan vinosi shishasi urib sindiriladi. Tarixning muqobil versiyasini taklif qiluvchi hajviy "SSSR Isteriyasi" mualliflarining fikricha, kosmonavtlarda boshqa odat boʻlgan: kosmik kema uchishidan oldin uning korpusiga albatta biror hayvon urilgan (soʻyilgan). Men sizdan bu qaysi hayvon ekanligini soʻramayman, lekin "Isteriya..." mualliflarining fikricha, ushbu odat tufayli rus tilida qaysi ibora paydo boʻlganini ayting?