gotquestions.online

Singapur davlat organlari tartibbuzarlarga nisbatan juda qattiqqoʻl bo:lib, ularga turli jazolarni qoʻllaydi. Bu yerda hamma narsa uchun: tupurish, tashlangan tamaki qoldigʻi, uzilgan shox, notoʻgʻri toʻxtash, qoʻshni Malayziyaga boʻsh benzin baki bilan kirish va saqich olib kirish uchun jarimalar undiriladi. Ammo ish faqat jarimalar bilan cheklanmaydi. Singapurga yaqinlashganda "Singapur havo yoʻllari" styuardessalari yoʻlovchilarga migratsiya kartochkalarini tarqatishadi. Ularda mayda qizil harflar bilan: "Singapurga xush kelibsiz!", bir oz pastroqda esa ulkan qora harflar bilan: "Diqqat!" deb yozilgan. Undan keyin esa har bir kishini oʻylantirib qoʻyadigan huquqbuzarlik tavsifi va javobgarlik chorasi keladi. Ushbu ogohlantirishni ayting.

Manba