Eskimoslarning turar joyi — iglu — uyasimon qorli kulbadir. Uzun ochiq chiqish yoʻli yashash xonasidan tashqariga olib chiqadi, bu toza havo kirishini taʼminlaydi va shu bilan birga ichkariga muzdek Arktika shamolini oʻtkazmaydi. Eskimoslarning uyida ancha issiq va shinam boʻlishi hammaga maʼlum, ammo qizigʻi shundaki, yangi kulba eskisidan koʻra issiqroq boʻladi. Nima uchun?
Yangi qurilgan iglu qordan iborat uy, eskisi esa muzlab qolgan, "muzdan iborat uy"dir.