Oddiy tibbiy termometr (gradusnik) ishlab chiqarishda, qanchalik harakat qilinmasin, kapillyarlar diametri va devor shakli boʻyicha bir-biridan bir necha mikronga farq qiladi — shuning uchun simob ustuni turli gradusniklarda turlicha kengayadi. Hayratlanarlisi shundaki, simob kengayishidagi bu farqlar simob quyilib, termometr berkitilgandan soʻng bartaraf etiladi va aniqlik darajasi darajaning oʻndan bir qismigacha yetkaziladi! Bunday aniqlikka nima yordamida erishiladi?