Maʼlumki, oxirgi futbol boʻyicha jahon chempionatida hakamlikka nisbatan koʻplab eʼtirozlar boʻlgan. Bu mavzuda koʻplab hazillar ham tugʻilgan. Shunday hazillardan birida Ispaniya jamoasi vakili koreyslar bilan chorak final oʻyini oldidan hakamdan uning jamoasi qancha kartochka olishini taxmin qilgan. Siz ham javob berishga harakat qiling, ispan terma jamoasi vakili oʻz jamoasiga qancha va qanday kartochkalarni bashorat qilgan?