Lourens Grin oʻzining Afrika xotiralarida shunday yozadi: "Men odam barmogʻidek keladigan mitti kamonlarni koʻrganman. <...> Kichkina oʻqdon ichida zahar surtilgan oʻqlar saqlanardi. <...> U bu qurolni biror kishi bilan ayol tufayli urishib qolganida ishga soladi". Buyuk soʻz ustasi Grinning xotiralarini oʻqiy olmasdi — u ancha oldin vafot etgan, qolaversa, undagi nizo sababi nafaqat ayol edi. Biroq vaziyatni his qilishga harakat qiling va javob bering, bushmenlar raqibiga aynan qayeriga va qaysi paytda bu kamondan yaqin masofadan oʻq uzadilar?