Yaqin vaqtgacha bu asarlarni umumiy jihatlar topgan holda ikkita trilogiya sifatida koʻrish mumkin edi. Haqiqatan ham, ikkalasida ham Zulmat va Nur kuchlari kurashi bor, ikkalasida ham Zulmatga qarshi kurashuvchi botirlar guruhi yoki otryadi bor, bu guruhlarda albatta odam boʻlmaganlar bor, bosh qahramonlar hikoya davomida tana aʼzolarining bir qismini yoʻqotishadi va uchinchi qismda albatta Qaytish sodir boʻladi — va qoʻrqinchli dushman qalʼasining qulashi shubha tugʻdirmaydi. Siz qaysi trilogiyalar haqida gap ketayotganini allaqachon anglagan boʻlsangiz kerak?! Unday boʻlsa ayting-chi, hozir bizga bu ikki trilogiyani solishtirishga nima xalaqit bermoqda?
Ulardan biri endi trilogiya emasligi — "Yulduzlar jangi"ning toʻrtinchi qismi — "1-epizod. Yashirin xavf" paydo boʻlgani.