Bir kuni yozda, Koreya urushi oxirida, Koreya frontidagi Britaniya artilleriyasi Xitoy pozitsiyalarini odatdagidek o'qqa tutish o'rniga, dushmanga qarata rangli tutunli snaryadlar otib "illyuminatsiya" uyushtirdi. Artilleriyachilarning bunday xatti-harakatiga, g'alati bo'lsa-da, bir ayol, aniqrog'i, uning hayotidagi bir voqea sabab bo'lgan. Siz o'sha voqeani aytishingiz kerak.