Hurmatli bilimdonlar! Bir parcha qogʻoz oling, unga raqamlari yigʻindisi savol raqamiga teng boʻlgan ikki xonali sonni yozing. Uni botinkangiz ichiga soling. Ehtimol, hozir sizlardan kimdir oʻtgan asrda puritan oilalarida tarbiyalangan amerikalik oʻsmirlar qilgan harakatlarni aynan takrorlagandir. Aniq ayting, ular shundan keyin qayerga borishgan?