Sharq afsonasiga koʻra, bir kishi qandaydir fazilatni koʻrishni juda istabdi va koʻp qiyinchiliklardan soʻng uni maxfiy qadimiy ibodatxonadan topibdi. Biroq u nihoyatda xunuk va qoʻrqinchli ekan. "Sening haqingda odamlarga qanday gapirib beraman, menga kim ishonadi?" — debdi kishi. "Sen yolgʻon gapir — shunda hamma senga ishonadi", — deb javob beribdi oʻsha fazilat. Aynan qaysi fazilat?