U har qanday erkakcha ermaklarni yoqtirardi, lekin oʻqishdagi yomon natijalari bilan beva qolgan otasini doim xafa qilardi. "Senga ov, itlar va kalamush tutishdan boshqa hech narsa qiziq emas, sen oʻzingni va butun oilani sharmanda qilasan", — deb yozgan edi otasi unga. U tuproq unumdorligi uchun chuvalchanglarning muhim ahamiyatini birinchi boʻlib anglagan. "Dunyo tarixida bunday muhim rol oʻynagan boshqa hayvonlar kam topilishiga shubha yoʻq", — deb yozgan edi u. Hayoti davomida u koʻp marta sharaflangan, lekin biror marta ham asosiy kitoblari uchun emas. Qirollik jamiyati unga nufuzli Kopli medalini topshirgan, ammo geologiya, zoologiya va botanika sohasidagi ishlari uchun. U hech qachon ritsarlik unvoniga loyiq koʻrilmagan, garchi Vestminster abbatligida, Nyutonning yoniga dafn etilgan boʻlsa ham. UNI toping.