Oleg Kulaginning parodiya qissasidan parchani tinglang: "Bu dahshatga o'xshaydi. Cheksiz, stol kabi silliq, qotgan qon rangidagi tekislik... Va ulkan muzdek sovuq kubsimon xarsanglar. Ular osmondan gumburlab tushmoqda... Men dahshatli, geometrik jihatdan to'g'ri tosh yog'inidan qochib, u yoqdan-bu yoqqa o'zimni ura boshlayman. Xarsanglar yo'limni to'sib, tobora yaqinroq tushmoqda... Men tuzoqdaman, umidsiz qichqiriqdan bo'g'ilyapman... Vika ustimdagi virtual dubulg'ani yulib oldi... — Lenya! Yana adashib [bo'sh joy]ga kirib qolibsan!". Bo'sh joyni to'ldiring.