Maʼlumki, barcha xalqlar kimlargadir nasihat qilishni yaxshi koʻrgan, qadimgi misrliklar ham bundan mustasno emas edi. Bir kitobda ular butun bir nasihatlar toʻplamini jamlashgan. Unda: har xil ilonlarni qaytarish bobi; Xudoning jazo maydoniga tushmaslik uchun aytiladigan soʻzlar; ogʻizni ochish bobi; chirib ketmaslik uchun aytiladigan soʻzlar; havodan nafas olish va suvga ega boʻlish soʻzlari bor edi. Ushbu maslahatlardan kimlar foydalanishi kerak edi?