Rey Bredberi ushbu amerikalik va ingliz yozuvchilarining ijodini solishtirar ekan, birinchisining badiiy olami — "shirin bulochkalar, asal va yozgi taʼtillar", ikkinchisiniki esa — "sovigan boʻtqa, tonggi soat oltidagi arifmetika, muzdek suvda yuvinish va parta ortida uzoq oʻtirishlar" ekanligini taʼkidlagan. Bredberining fikricha, ikkinchisining dunyosi — biz aslida kimmiz, birinchisiniki esa — biz kim boʻlishni xohlaymiz. Mashhur fantast qaysi ertaknavislarga nisbatan bunday qarama-qarshi munosabatda boʻlgan?