Uni Bolqon, Italiya va hatto fransuz bolalari ham bilishadi. Taxminlarga ko‘ra, Venetsiya karnavalining eng mashhur niqoblaridan biri bo‘lgan, yuzning barcha chizgilarini yashiradigan, ammo ovqatlanishga imkon beradigan bauta aynan uni tasvirlaydi. Uning rossiyalik qarindoshi esa, mashhur qo‘shiqqa ko‘ra, eshitish qobiliyati bo‘yicha odamdan bir yarim baravar, ko‘rish qobiliyati bo‘yicha esa uch yarim baravar ustun turadi. Ushbu rossiyalik qarindoshni ayting.