Asriy madaniy an’anaga ko‘ra, yapon kishisi ba’zan mebelsiz sokin xonaga kirishi kerak. U u yerga kirib, diqqatini jamlashi va turli qiyofalarga: yo‘l chetidagi toshga, sakura shoxiga, parvoz qilayotgan burgutga, dengiz to‘lqini ko‘pigiga, so‘qmoqdan ketayotgan yo‘lovchiga aylanishni boshlashi lozim. Bizning, ya’ni yevropalikning nuqtayi nazaridan bu yapon nima qilayotgan bo‘ladi?